Ma’lumki, har yili 22 aprel “Umumjahon Yer kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Ilk marotaba Yer kunini nishonlash 1971 yildan boshlangan. Aynan shu yili BMT Bosh Kotibiyati tomonidan maxsus qaror qabul qilingan. 1972 yil Stokgolmdagi BMT Konferensiyasida atrof muhit tanazzuli muammosi o‘rtaga qo‘yildi. Shundan so‘ng hukumatlar global ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha, atrof muhitni muhofaza qilish hamda yaxshilash borasida BMT ning Atrof muhitni muhofaza qilish Dasturi (YUNEP) ni ishlab chiqdilar. Mazkur dasturning asosiy vazifasi atrof muhit bo‘yicha global muammolarni hal etish va bu boradagi turli loyiha va dasturlarni qo‘llab-quvvatlashda davlatlarga ko‘maklashishdan iborat. Read the rest of this page »