Sirli dengiz sirlari

Qadimgi diniy kitoblarda (Tavrot, Injil va Qur’on) yer yuzidagi to’rt daryo jannatdan chiqqan, ular jahonning to’rt tomoniga qarab oqadi, suvi shirin, deb izohlanadi. Bu daryolar qudratli Nil, injiq Efrat, toshqin Jamna va asov Jayhun daryolaridir. Ular to’g’risida yuzlab, minglab kitoblar yozilgan, afsona va rivoyatlar to’qilgan.
Read the rest of this page »

Bir finjon qahvaga 140 litr suv?!!

yoki oldingdan oqqan suv qadri xususida

Ertalab bir finjon qahva damlab oldingiz. Ammo ishga shoshilib, uni ichmay ketdingiz. Shu idishdagi qahvaga qancha suv sarflangan bo’lishi mumkin – nima deb o’ylaysiz? Olimlarning fikricha, shu miqdordagi qahvangizga 140 litr suv sarflangan!
Yoki bo’lmasa, uyda suvni o’chirib qo’yishsa, tashqaridan necha chelak suv tashiysiz. Hech hisoblab ko’rganmisiz?

Read the rest of this page »

O‘zbekistonda ekologik harakat taraqqiyoti: maqsad va istiqbollar

     2008 yil 20 dekabrda Toshkentda O‘zbekiston Ekologik harakati tomonidan “O‘zbekistonda ekologik harakat taraqqiyoti: maqsad va istiqbollar” mavzusiga bahishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, vazirlik va idoralar, xalqaro jamharmalar, ekologik yo‘nalishdagi nodavlat tashkilotlar vakillari, jurnalistlar va boshqalar ishtirok etdilar.  Read the rest of this page »

2008 yil ekologik jurnalistika milliy ko‘rik-tanlovi natijalariga bahishlangan matbuot-anjumani

2008 yilning 20 dekabrda Toshkentda 2008 yil ekologik jurnalistika milliy ko‘rik-tanlov natijalariga  bahishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir  tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik xarakati, O‘zbekiston mustaqil bosma nashriyotlar va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy jamharmasi va O‘zbekiston NTT milliy assotsiatsiyasi qatnashdilar.
Ko‘rik-tanlovning maqsadi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi ekologik muammolariga bahishlangan (matbuotda, internetda e’lon qilingan, yoki efirga uzatilgan) eng yaxshi nashrlar, videofilmlar, radiouzatuv va teleko‘rsatuvlarni aniqlashdan iborat. Read the rest of this page »